Zeytullayev: "O‘zbekiston Rossiya bilan tengma-teng o‘ynay oladi"

Zeytullayev: "O‘zbekiston Rossiya bilan tengma-teng o‘ynay oladi"

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ilyas Zeytullayev Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida kuzda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Evro-Futbol.Ru" nashriga intervyu bergan sobiq futbolchi Rossiya milliy jamoasini O‘zbekiston uchun jiddiy raqib sifatida baholadi.

Zeytullayevning ta’kidlashicha, Rossiya xalqaro musobaqalarda qatnashmayotgan bo‘lsa ham, uning salohiyatini past baholab bo‘lmaydi.

"Rossiya terma jamoasi har doim kuchli raqib bo‘lib kelgan. O‘zbekiston uchun bunday jamoaga qarshi o‘yin juda yaxshi sinov bo‘ladi. Sanksiyalar tufayli ular xalqaro turnirlarda ishtirok etmayapti, ammo tarkib va saviya jihatidan hali ham yuqori darajadagi terma jamoalardan biri. So‘nggi yillarda ularga o‘yin amaliyoti yetishmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin Rossiyani hech qachon hisobdan chiqarib bo‘lmaydi", — dedi u.

Sobiq futbolchi ehtimoliy uchrashuvda O‘zbekistonni aniq favorit deb hisoblamasligini ham qayd etdi. Shu bilan birga, u milliy jamoaning so‘nggi yillarda sezilarli o‘sganiga e’tibor qaratdi.

"Menimcha, O‘zbekiston favorit bo‘lmaydi. Ammo so‘nggi o‘zaro o‘yindan keyin jamoamiz ancha kuchaydi. Jahon chempionatida ishtirok etish ham futbolchilarga katta tajriba berdi. Shu bois Rossiya bilan tengma-teng kurasha olamiz. Qiziqarli o‘yin bo‘lishi mumkin", — dedi Zeytullayev.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 25 sentyabr kuni Nijniy Novgorod shahrida tashkil etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик у