Zelenskiyning yordamchisi Sergey Shefir o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasd haqida bayonot berdi

Zelenskiyning yordamchisi Sergey Shefir o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasd haqida bayonot berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchisi Sergey Shefir o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasdni izohladi. Unga ko‘ra, suiqasd maqsadi aslida Ukraina prezidenti va yuqori darajadagi amaldorlar bo‘lgan.

"Sabablarini tushunmayapman. Avtomobilda ketayotgan edik. Birdaniga o‘q uzishdi va haydovchini yaralashdi. Men darhol Ichki ishlar vaziriga qo‘ng‘iroq qildim, huquq-tartibot hodimlari juda tezkor harakat qilishdi.

Mening fikrimcha — suiqasd hukumatdagi yuqori darajadagi mansabdorlarni qo‘rqitish maqsadida amalga oshirildi. Ammo, bizning prezidentimiz irodali shaxs, uni qo‘rqita olmaysizlar", — deb ta’kidlagan Sergey Shefir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!