Zelenskiyning “G‘alaba rejasi” Bayden ma’muriyatida "ijobiy taasurot qoldirmadi"

Zelenskiyning “G‘alaba rejasi” Bayden ma’muriyatida "ijobiy taasurot qoldirmadi"

Bayden ma’muriyati Ukraina prezidenti tomonidan taklif qilingan «G‘alaba rejasi» dan norozi edi. Bu haqda Wall Street jurnali hujjat bilan umumiy ma’noda tanishgan yuqori martabali amaldorlarga tayanib yozadi.

Bayden ma’muriyati G‘alaba rejasida keng qamrovli strategiya yo‘qligidan xavotirda, takliflar ko‘proq qurol bilan ta’minlash va uzoq masofali raketalarga cheklovlarni olib tashlash bilan cheklangan.

«Men hayratga tushmadim, u yerda ko‘p yangilik yo‘q», dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.

WSJ suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Zelenskiyning takliflari murosasiz, diplomatiya va siyosatga oid bo‘limlar qurol so‘rovlariga qaraganda ancha batafsilroq.

Zelenskiy AQSh rahbariyatiga taqdim etmoqchi bo‘lgan «g‘alaba rejasi» hali oshkor etilmagan. Biroq BBC avvalroq ushbu hujjatning asosiy nuqtalari haqida yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!