Zelenskiyga Putin bilan yolg‘iz qolmaslikni maslahat berishdi

Zelenskiyga Putin bilan yolg‘iz qolmaslikni maslahat berishdi

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan shaxsiy muzokaralardan qochgan ma’qul. Bu fikrni Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yasenyuk bildirdi, deya xabar beradi “Gordon”.

“Men Zelenskiyga Putin bilan alohida muzokaralar olib bormaslikni maslahat bergan bo‘lardim. U Putin bilan faqat G‘arbdagi ittifoqchilarimiz, AQSh va Yevropadagi hamkorlarimiz bilan birgalikda gaplasha oladi. Agar Zelenskiy Putin bilan alohida muzokara boshlasa, Putin uni nonushtaga "eydi”, — dedi Yasenyuk.

Uning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini to‘xtatishning eng yaxshi yo‘li Ukraina, AQSh va Yevropa birgalikda harakat qilishidir. Yasenyukning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya AQSh va NATO bilan muzokaralarda o‘zini qurbon sifatida ko‘rsatmoqchi. Shu bilan birga, uning o‘zi "Budapesht memorandumini imzolagan va uni buzgan", dedi sobiq bosh vazir. Qrim anneksiya qilinganidan keyin va Donbassda mojaro boshlanganidan keyin ham Rossiya “kimdir ularga tahdid qilyapti” deb aytilmoqda, deya qo‘shimcha qildi sobiq bosh vazir. U Ukraina Rossiyani to‘xtatib turish uchun halokatli mudofaa qurollariga muhtojligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!