Zelenskiy Zinchenkoning "Arsenal"ga transferi haqida gapirdi

Zelenskiy Zinchenkoning "Arsenal"ga transferi haqida gapirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy himoyachi Aleksandr Zinchenkoning yaqinda amalga oshirilgan transferi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi "Manchester Siti"dan Londonning "Arsenal" klubiga ko‘chib o‘tdi.

"Biz hammamiz Zinchenkoga muxlismiz. Futbolchilar mashaqqatli mehnat qilishadi, ular mashhur insonlar va bizga ko‘p yordam berishadi. Men futbol muxlisiman. Xuddi boshqa ukrainaliklar kabi” - dedi prezident Piers Morgan Uncensored bilan suhbatda.

Aleksandr shu oyda uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolab, "kanonirlar" safiga qo‘shildi. Ukraina terma jamoasi futbolchisining transferi London klubiga 35 million yevroga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!