Zelenskiy xorijliklarga Ukraina Qurolli Kuchlarida 10 yil xizmat qilishiga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi

Zelenskiy xorijliklarga Ukraina Qurolli Kuchlarida 10 yil xizmat qilishiga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat qurolli kuchlari saflarida xizmat qilishini tartibga soluvchi nizomga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Xususan, Ukraina rahbari chet elliklar uchun harbiy xizmatning maksimal muddatini oshirishni buyurdi. Endi bunday harbiy xizmatchilar bir yildan o‘n yilgacha muddatga yangi shartnoma imzolashlari mumkin. Biroq, chet elliklar qonunda belgilangan yosh chegarasiga yetgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatishdan bosh tortiladi.

Qayd etilishicha, boshqa davlatlar fuqarolarini Ukraina Qurolli kuchlari safiga xizmatga jalb etishning yangilangan tartibi harbiy xizmatchilarga yillik to‘lanadigan ta’til va davolanish uchun imtiyozlar berishni ham nazarda tutadi. Bundan tashqari, fuqaroligi bo‘lmagan harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish faqat safarbarlik e’lon qilingan, harbiy holat yoki favqulodda holat kiritilgan taqdirdagina mumkin bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!