Zelenskiy Xitoy bilan Nepalni chalkashtirib yubordi

Zelenskiy Xitoy bilan Nepalni chalkashtirib yubordi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy  Xitoy va Nepalni chalkashtirib yubordi. U XXR xalqini o‘z tvitterida  Xitoy Yangi yili bilan tabrikladi. "Strana.ua" xabariga ko‘ra, foydalanuvchilar prezidentning xatosini topishgan.

"Men barcha ukrainaliklar nomidan va o‘zimning nomimdan  Xitoy rahbari, muhtaram Si Szinpinni va do‘stona  Xitoy xalqini "Bahor bayrami" bilan tabriklayman", deb yozgan Zelenskiy. Ma’lum bo‘lishicha, nashrni tasvirlash uchun siyosatchi Nepal poytaxti Katmandudagi Durbar maydoni fotosuratini tanlagan.

Davlat rahbari, shuningdek,  Ukraina va  Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning davom etishiga umid bildirdi. Abonentlar xatoni ko‘rsatgandan so‘ng, yozuv o‘chirildi va yana joylashtirildi, ammo fotosuratsiz.

Avvalroq Zelenskiy Pekinni "birinchi raqamli geosiyosiy tahdid" degan fikrga qo‘shilmay,  Xitoyni himoya qilgandi. Davlat rahbari ushbu pozisiyani qo‘llab-quvvatlay olmasligini tushuntirdi, chunki  Ukrainaliklar Xitoy xavfini sezmaydilar. Shu bilan birga, u  Pekin va Vashington o‘rtasida "sovuq urushga o‘xshash narsa" davom etayotganini aytib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!