Zelenskiy Ukrainaning mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi

Zelenskiy Ukrainaning mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmonlarida aytilgan.

336/2022-sonli farmon bilan Yuriy Galushkin Ukraina Qurolli Kuchlari hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgan. Sushbu lavozimga joriy yilning 1 yanvarida tayinlangan edi.

337/2022-sonli farmon bilan bu lavozimga general-mayor Igor Tansyura tayinlandi.

Igor Tansyura bungacha Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, avvalroq esa Bosh shtab boshlig‘i bo‘lgan. 2013 yilda u Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlarining 169-o‘quv markazining boshlig‘i bo‘lgan.

Igor Tansyura 2013 yilda general-mayor unvonini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!