Zelenskiy: Ukrainaga 67 ta raketa uchirildi

Zelenskiy: Ukrainaga 67 ta raketa uchirildi



Prezident Vladimir Zelenskiy o‘z murojaatida Rossiya bugun Ukrainaga 67 ta raketa uchirgani haqida aytdi.

«Bugun Yevroparlament Rossiyani terrorchi davlat deb tan oldi. Nihoyat, barcha yevropalik parlamentariylarga rahmat. Keyin esa Rossiya bizning infratuzilmamizga, energiyamizga, oddiy odamlarga 67 ta raketa qo‘llash orqali bularning barchasi haqiqat ekanligini isbotladi. Natija ayanchli - yaradorlar ko‘p, o‘lganlar bor», - dedi Ukraina prezidenti.

O‘qqa tutilgandan so‘ng, Xarkov, Chernigov va Xmelniskiy viloyatining katta qismi to‘liq quvvatsizlandi. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi barcha atom elektr stansiyalari va ko‘pgina issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektr stansiyalari ham qisman quvvatsizlangan.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi biroz avvalroq Ukraina hududiga X-101, X-555 va Kalibr rusumli 70 ta qanotli raketa uchirilgani va ulardan 51 tasi Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlarini urib tushirgani haqida xabar bergan edi.

«Uchirishlar Volgodonsk, Rostov viloyati va Kaspiy dengizidan 10 ta Tu-95ms raketa tashuvchi samolyotlardan, shuningdek, Qora dengizdan ikkita kichik raketa kemasidan amalga oshirildi», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!