Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining jinoyatlarini tan olishi kerak – OAV

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining jinoyatlarini tan olishi kerak – OAV

Maqola muallifi Pol Teylorga ko‘ra, Kiyev o‘ziga qaratilgan tanqidni adekvat idrok etishi kerak.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina harbiylarining tinch aholiga qarshi jinoyatlariga ishora qiluvchi "Amnesty International" hisobotining to‘g‘riligini tan olishi kerak. Bu haqda Amerikaning “Politico” nashri maqolasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Maqola muallifi Pol Teylorga ko‘ra, Kiyev o‘ziga qaratilgan tanqidni adekvat idrok etishi, uning fikriga qo‘shilmaganlarni Moskva uchun ishlaganlikda ayblamasligi kerak.

“Tanqidga yetarli javob armiya amaliyotini yaxshilash va tinch aholini himoya qilishga harakat qilish bo‘ladi”, deb yozadi muallif.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin "Amnesty Internationa"l huquq faollari Ukraina harbiylarining harakatlarini tahlil qilgan edi. Natijada ular Ukraina Qurolli kuchlari harbiy texnikani turar-joy binolari, maktablar va shifoxonalarga joylashtirish orqali xalqaro huquqni buzayotgani va bu bilan tinch aholini xavf ostiga qo‘ygani aniqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mudofaa pozisiyasi Qurolli kuchlarga xalqaro qoidalarni buzish huquqini bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!