Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimiga 11 ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimiga 11 ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

​Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimida Aleksandr Sirskiyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganishni boshladi. Nomzodlar ro‘yxatida 11 kishi bor. Ular orasida asosiysi sifatida Ukraina Qurolli kuchlari Birlashgan kuchlari qo‘mondoni Mixail Drapatiy ko‘rilmoqda.

"​Ukrainskaya pravda" (UP) va Financial Times ham Drapatiyni bosh qo‘mondonlikka da’vogarlar qatorida tilga olmoqda. Undan tashqari, ro‘yxatga Desant-hujumkor qo‘shinlari qo‘mondoni Oleg Apostol va Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Gorbatyuk kiritilgan.

​UP ehtimoliy da’vogarlar orasida Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi qo‘mondoni Andrey Bileskiy va Ukraina Milliy gvardiyasining 1-korpusi "Azov" qo‘mondoni Denis Prokopenkoni ham sanab o‘tgan.

"Armiyadagi suhbatdoshlarimizning aksariyati hozirda Drapatiyning tayinlanishiga umid qilmoqda", — deb qayd etadi "Ukrainskaya pravda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаг