Zelenskiy: Ukraina ishg‘ol qilingan hududlarni taktika va yangi qurollar yordamida qaytaradi

Zelenskiy: Ukraina ishg‘ol qilingan hududlarni taktika va yangi qurollar yordamida qaytaradi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu tomonidan ma’lum qilingan Lugansk viloyatining rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘lga kiritilishiga izoh berdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi harbiy taktika va zamonaviy qurol-yarog‘lar yetkazib berish hajmini oshirish orqali vaqtincha bosib olingan hududlarni qaytaradi.

"Ukraina hech narsa bermaydi va Moskvada kimdir Lugansk viloyati haqida gapirsa, ular 24 fevralgacha bo‘lgan hisobotlari va va’dalarini eslashsin.

Biz o‘z askarlarimiz, xalqimiz hayotini himoya qilamiz. Agar armiyamiz qo‘mondonligi dushman eng katta ustunlikka ega bo‘lgan frontning ma’lum bo‘limlaridan, xususan, Lisichanskdek hududlardan odamlarini olib ketsa, bu biz taktikamiz, zamonaviy qurol-yarog‘ ta’minotining ko‘payishi sababli qaytamiz degani", deya ta’kidladi Ukraina rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!