Zelenskiy Turkiya Tashqi ishlar vazirini orden bilan taqdirladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi.
Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Men Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdim va unga 2-darajali "Xizmat ko‘rsatgani uchun" ordeni bilan taqdirladim. Men Turkiya va shaxsan vazirga tinchlik o‘rnatish (Rossiya-Ukraina mojarosida) borasidagi ishlari uchun minnatdorman ", deyiladi postda.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar hozirgi diplomatik vaziyat va tinchlikka erishish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qilishdi.
"Men shuningdek, vazirga jang maydonidagi vaziyat haqida ma’lumot berdim va u turli darajalardagi diplomatik aloqalari haqida gapirdi. Albatta, biz ikki tomonlama munosabatlar va Ukraina va Turkiya o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasini amalga oshirishni ham muhokama qildik. Umid qilamizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo faqat oshadi. Tashrifingiz va hamkorlik qilishga va tinchlik o‘rnatishga tayyorligingiz uchun tashakkur", deb xulosa qildi Zelenskiy.
