Zelenskiy Qrim va Donbass masalasini hal qilish zarurligini ye’lon qildi

Zelenskiy Qrim va Donbass masalasini hal qilish zarurligini ye’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim va Donbass hamma uchun og‘ir voqea ekanligini va bu masala Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olgandan keyin hal qilinishi kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ushbu hududlarni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi murosaga erishish uchun xavfsizlik kafolatlari birinchi o‘rinda turadi.

"Ishonamanki, bu hamma uchun - Qrim uchun ham, Donbass uchun ham juda qiyin voqea. Va u yerda qandaydir yo‘l topish uchun siz birinchi qadamni qo‘yishingiz kerak, men aytganim - xavfsizlik kafolatlari, urushning tugashi. Shu bilan birga, biz vaqtincha bosib olingan hududlar masalalarini hal qilishimiz lozim".

Vladimir Zelenskiy,Ukraina prezidenti

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu hamma uchun oddiy murosa: NATO masalasida Ukraina bilan nima qilishni bilmaydigan G‘arb uchun, xavfsizlik kafolatlarini olmoqchi bo‘lgan Ukraina uchun va NATO kengayishini istamaydigan Rossiya uchun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!