Zelenskiy miyasi yo‘q, aqlsiz odam — Lukashenko

Zelenskiy miyasi yo‘q, aqlsiz odam — Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari qaror qabul qilmaydi, balki ma’lum qarorlarga «ergashib ketadi».

«Zelenskiy, kechirasiz, men buni birinchi marta ayyapman, kallasiz odam. Garchi uning bunday yo‘l tutishini kutmagan bo‘lsam ham, u allaqachon yo‘q, yo‘q, urush bo‘lmaydi, urush bo‘lmaydi deb baqirishni boshladi. Zelenskiyga allaqachon urush bo‘ladi, biz hujum qilamiz va hokazo, deb aytishi uchun unga bosim o‘tkazishmoqda», dedi siyosatchi.

Lukashenkoning fikricha, bitta xavf bor, ya’ni Zelenskiy Kiyev — Donbass yo‘nalishida juda jiddiy harakatlar qilishi mumkin.

Lukashenko, shuningdek, Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘lganini tan olib, uni «miyasi yo‘q» shaxs ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq Belarus prezidenti Zelenskiyni o‘zini diplomatik tutishni o‘rganishga undagan edi. Shuningdek, Lukashenko Ukraina hech qachon Belarus bilan jang qilmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!