Zelenskiy: «Maqsadimiz Rossiyani benzinsiz qoldirish emas, Ukrainani Rossiyasiz qoldirish»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning mudofaa salohiyati va harbiy ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida keskin bayonot bilan chiqish qildi.
Uning aytishicha, Ukraina ilk bor Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalarni o‘z hududida ishlab chiqarish bosqichiga yaqinlashgan.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, hozirda Ukraina yiliga 10 millionta dron ishlab chiqarmoqda. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda esa bu ko‘rsatkichni 20 milliontaga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Rossiya hududida ukrain zarbalari yetib bormaydigan nuqtalar deyarli qolmaganini ta’kidladi.
«Kimdir zamonaviy texnologiyalar yordamida Rossiyani O‘rta asrlarga qaytaryapmiz, deydi. Kimdir esa Moskvani yig‘latayotgan yoqilg‘i tanqisligidan mamnun. Ammo bizning maqsadimiz Rossiyani benzinsiz qoldirish emas, Ukrainani Rossiyasiz qoldirishdir. Biz uchun balandparvoz gaplar emas, aniq natija muhim», — dedi Zelenskiy.
