Zelenskiy "Grain from Ukraine" ("Ukrainadan don") tashabbusi boshlanganini e’lon qildi

 Zelenskiy "Grain from Ukraine" ("Ukrainadan don") tashabbusi boshlanganini e’lon qildi

Tashabbus doirasida Ukraina oziq-ovqat inqirozidan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlarga, xususan, Efiopiya, Somali, Keniya va Yamanga kamida 60 ta oziq-ovqat ortilgan kema yuborishni rejalashtirmoqda.

"Birinchi jo‘natilgan kema o‘rtacha 90 ming kishini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. 60 ta kema millionlab odamlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlaydi. Bu global barqarorlikka qo‘shilgan eng katta tashabbuslardan biri bo‘ladi. Haqiqiy, zarur qadam", — ta’kidladi Zelenskiy.

Bir qator davlatlar tashabbusni amalga oshirish uchun o‘nlab million dollarlar ajratishini ma’lum qildi, deb yozadi turli axborot portallari. Belgiya ushbu tashabbusga 10 million evro hissa qo‘shmoqchi, Avstriya 3,8 million, Polsha esa 20 million ajratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!