Zelenskiy 2021 yilda qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Zelenskiy 2021 yilda qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda 336 ming grivna (12,2 ming dollar) maosh olgan. Bu haqda Ukraina ishlari davlat boshqarmasi ma’lum qildi.

"2021 yilda ish haqi 336 ming grivnani tashkil etdi, undan 65 ming 520 grivna (2,4 ming) soliq va yig‘imlarga to‘landi", - deyiladi boshqarmaning "24 kanal" telekanali so‘roviga yo‘llagan javobida.

Ma’lumot berilishicha, Zelenskiyning lavozim maoshi 28 ming grivnaga (1020 dollar) teng. U ustama va mukofot pullari olmagan.

Ukraina prezidenti jami daromadlari haqida 1 aprelgacha hisobot berishi lozim.

2020 yildagi deklarasiyaga ko‘ra, Zelenskiy 815 ming dollar daromad topgan, o‘shanda ham uning maoshi 336 ming grivna bo‘lgan. 2019 yilda uning oilasi daromadi 1,06 mln dollarni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!