Zelenskiy 10 kishini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi

Zelenskiy 10 kishini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha kishini, jumladan, prezident Viktor Yanukovich davrida o‘z lavozimlarini egallagan sobiq vazirlarni mamlakat fuqaroligidan mahrum qildi. Bu haqda 4 fevral kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib, RBK-Ukraina agentligi xabar berdi.

Agentlik Ukrainaning sobiq ta’lim va fan vaziri Dmitriy Tabachnik, sobiq daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Klimenko, sobiq ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko, Ukraina Xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Aleksandr Yakymenko, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi va Ukraina prezidenti ma’muriyatining sobiq rahbari Andrey Klyuyev va shuningdek, sobiq o‘n kishining ismini keltiradi. Ularning barchasi prezident Viktor Yanukovich davrida vazirlik lavozimlarini egallagan.

Shuningdek, Ukraina pasportidan mahrum etilganlar orasida Odessa shahar kengashi deputati, Ukrainada hozirda taqiqlangan “Muxolifat platformasi – “Hayot uchun” partiyasidan Viktor Baranskiy, Xarkov viloyat kengashi deputati Nikita Shentsev va yana uch kishi bor.

“Keyingi qadam ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash, hibsga olish va davlat foydasiga ularning barcha mulki, korporativ huquqlari hamda boshqa aktivlarini musodara qilish bo‘ladi”, — deydi ukrainalik siyosatchi Devid Arakhamiya.

Ta’kidlanishicha, ushbu ro‘yxatga kiritilgan barcha shaxslar Rossiya Federasiyasi fuqaroligiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!