Zangiotadagi maxsus kasalxona chiqindilari qay tartibda yo‘q qilinayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Zangiotadagi maxsus kasalxona chiqindilari qay tartibda yo‘q qilinayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi koronavirusga chalinganlar uchun tashkil etilgan maxsus kasalxonada davolanayotgan bemorlar uchun ishlatilgan tibbiy buyumlar chiqindisi Chirchiq daryosi atrofiga tashlab ketilgani tasvirlangan video aholining keskin e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

24 oktyabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ana shu masalaga oydinlik kiritish va mazkur kasalxonada chiqindilar qay tartibda yo‘q qilinishi bilan yaqindan tanishish maqsadida tadbir uyushtirildi. 

Epidemiolog Mohigul Musabekovaning aytishicha, shifoxonada to‘planadigan chiqindilar 3 xil – yumshoq, qattiq va kesiluvchi-sanchiluvchi asboblardan iborat bo‘ladi. Shu uch toifadagi chiqindilar avvaliga maxsus konteynerlarga joylanadi.

«Har biri moslashtirilgan idishlarga solinganidan keyin, ustiga dezinfiksiyalovchi vosita quyilib, so‘ngra og‘zi zichlab yopiladi. Ustidan yana dezinfeksiyalovchi vosita sepiladi. Undan keyin tashqariga, bloklar oldiga belgilangan joyga olib chiqiladi. Shifoxonada chiqindilar shu tarzda kuniga uch marta olib chiqiladi. Shundan so‘ng belgilangan vaqtda maxsus transportda olib ketilib, pechlarda yo‘qotiladi. 

Zangiotadagi maxsus kasalxona chiqindilari qay tartibda yo‘q qilinayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Mazkur kuydirish pechlari shifoxona qurilayotgan paytda qurila boshlangan. U pechlar qurilib bitirilguncha maxsus insenvator bilan boshqa joydagi alohida korxona ya’ni, «Med klass plus» korxonasi bilan shartnoma bor edi. Ular olib ketardi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

«Pokiza tozalash» MCHJ ish yurituvchisi Saidakbar Abrorxo‘jayev yangi pech qurish zarurati tug‘ilgani haqida gapirdi.

«25 sentyabrdan beri ikki tonnalik pechda sinov muddati hisobidan chiqindilarni yoqib, yo‘q qilib kelyapmiz. Biz bilan hamkorlikda «Med klass plus» korxonasi ham bor. Ular Yangiyo‘lda ishlashadi. Bu pech shifoxona hisobidan qurib bitkazilgandi. Davlatimiz byudjetini tejash maqsadida ushbu shifoxona hududida shu pechlar qurilgandi. Buni sinov muddatida sinab ko‘rdik.

Zangiotadagi maxsus kasalxona chiqindilari qay tartibda yo‘q qilinayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Zangiotadagi maxsus kasalxona chiqindilari qay tartibda yo‘q qilinayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Lekin bu bizning talabga javob berolmagani uchun kattaroq pech qurishga to‘g‘ri keldi. Sababi oldingi pechning ichiga bir vaqtning o‘zida 2,5 tonna chiqindini solib bo‘lmaydi. Katta pechning ichiga esa bir vaqtda 5 tonnagacha chiqindi solish imkoniyati bor. Bu orqali shifoxonadan chiqadigan chiqindilarni birdan yoqib yuborib, hech qayerda to‘planib qolmasligini ta’minlashga erishish mumkin. Hududdan tashqariga hech qachon chiqindi chiqmagan. «Med klass plus» korxonasi bilan hamkorlikda buning imkoniyatini qilyapmiz. Chiqindilar korxonaning hamma tomoni yopiq maxsus mashinalarida olib chiqib ketiladi», deydi u. 

Mohigul Musabekova tashkilotda hamma ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab o‘tdi.

«Bunday paytda asossiz ma’lumotlarni bu yerdagi ma’lumotlar bilan aralashtirish kerak emas. Mana, chiqindilarni yo‘q qilish tartibi qanday yo‘lga qo‘yilganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlardan farqli o‘laroq, bu yerdagi holatni ko‘rdingiz. Aytmoqchimanki, shu ma’lumotlarni boshqacha ravishda talqin qilib, aynan Zangiotadan chiqib ketgan chiqindi, degan to‘xtamga olib kelgan ma’lumot beruvchilarni biz insofga chaqirgan bo‘lardik. Chunki ish hajmidan kelib chiqqan holda har doim bu ishlar nazoratimizda bo‘lib kelgan», dedi u.

Avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumanida tashkil etilgan koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi maxsus kasalxonada kasallangan bemorlar uchun ishlatilgan tibbiy buyumlardan iborat chiqindilarning bir qismi atrof-muhitga tashlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan, deputat Rasul Kusherbayev yaqin vaqtgacha bunday chiqindilarni yo‘q qilish bilan shug‘ullanib kelgan «Med Class Plus» MCHJ bu xizmatni to‘xtatishi oqibatida shunday muammo kelib chiqqanini aytib o‘tgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!