Zangiota tumanida 105 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Zangiota tumanida 105 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. va R.J.lar oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Zangiota tumani “Bek-baraka” savdo majmuasi avtoturargohida 10 ming quti “Sefoperazon 1.0 gr i Sulbaktam 0.5 gr” nomli dori vositasini, jami 105 mln so‘mga xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan X.K. va R.J.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!