Zalujniy va Fyodorov saylovda Zelenskiyni mag‘lub etgan bo‘lardi — So‘rovnoma

Zalujniy va Fyodorov saylovda Zelenskiyni mag‘lub etgan bo‘lardi — So‘rovnoma


​Ukrainada prezidentlik saylovlari yaqin orada o‘tkazilganida, ikkinchi bosqichga Zelenskiy hamda Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda Buyuk Britaniyadagi elchi Valeriy Zalujniy chiqqan bo‘lar edi. Bu haqda "Sosis" ijtimoiy va marketing tadqiqotlari markazining 6 avgust kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijalari dalolat bermoqda.

​Birinchi bosqichda saylovchilarning 22,3 foizi Zelenskiy uchun, 21,4 foizi esa Zalujniy uchun ovoz bergan bo‘lardi. Biroq ikkinchi bosqichda Zalujniy 66,2 foiz natija bilan Volodimir Zelenskiyni (33,8 foiz) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lar edi.

​Kuchli beshlikka, shuningdek, sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov (13,1 foiz), Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov (8,3 foiz) va sobiq prezident Pyotr Poroshenko (6,1 foiz) kirgan. E’tiborlisi, agar Fyodorov yoki Budanov ikkinchi bosqichga chiqqanida, ular ham Zelenskiyni shunga o‘xshash farq bilan ortda qoldirgan bo‘lardi. Poroshenko bilan bellashuvda esa, aksincha, Volodimir Zelenskiy katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимп