Zakotning ham qazosi bo‘ladimi?

Zakotning ham qazosi bo‘ladimi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev zakotning ham qazosi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning ta’kidlashicha, zakotning ham qazosi bo‘ladi. Bunda berilmagan yillarni taxminan hisoblab ko‘rib, qirqdan birini zakot qilib chiqariladi.

«Zakotni qanday shaklda berish kambag‘alga foydaliroq bo‘ladigan bo‘lsa, shu shaklda bergan afzal. Pandemiya davrida zakot puliga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib, bir necha muhtoj kishiga bo‘lib bersa bo‘ladi, vallohi a’lam», — degan G‘ulomiddin Xolboyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2021 yilgi zakot hisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qilgandi. Fatvo hay’ati 1 gramm tillaning bugungi kundagi o‘rtacha narxi 320 ming so‘m ekanini e’tiborga olib, 2021 yil uchun zakot hisobini (85 gramm tilladan) 27 million 200 ming so‘m deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya’ni zakot uchun chiqariladigan qismi 680 ming so‘mga teng bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!