Zakot hamda Fitr sadaqasini plastik karta orqali o‘tkazib bersa bo‘ladimi

Zakot hamda Fitr sadaqasini plastik karta orqali o‘tkazib bersa bo‘ladimi

- Zakot hamda Fitr ro‘zani plastik karta orqali o‘tkazib berish joizmi?

Savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri v.v.b. G‘ulomiddin Xolboyev  javob berdi.

- Ha, zakot, fitr sadaqasi va boshqa shu kabi sadaqalarni plastik kartalarga o‘tkazib berib, ado qilish joiz. Chunki plastikka pul tushganda ham muhtoj kishi unga to‘liq egalik qila oladi va xohlaganidek tasarruf qiladi. Plastikka pul o‘tkazish naqd pul berish bilan barobar. Demak, zakot, fitr kabi sadaqalarni muhtoj kishilarning plastik kartasiga tushirib berish bilan ham ado qilish mumkin. Vallohu a’lam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!