Zafarobod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi
30 avgust kuni soat 07:45 larda Zafarobod tumani hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Zafarobod tuman hokimligi bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «MAZ» rusumli yuk avtomobili chapga burilish vaqtida qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Zafarobod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov boshqaruvidagi «KIA SELTOS» rusumli xizmat avtomobili yo‘liga chiqib ketgan.
Oqibatda ikki avtomobil to‘qnashgan.
Hodisa natijasida tuman hokimi G‘. Eshpo‘latov va avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li SH. Eshpo‘latov turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
«MAZ» haydovchisi B. Mo‘minov tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan 30 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi
Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — у
