"Yuventus"ning Ronaldudan qarzi bor!

"Yuventus"ning Ronaldudan qarzi bor!

Turinning “Yuventus” klubi haligacha Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga 19,9 million yevro to‘lagani yo‘q, deya xabar bermoqda La Gazzetta Dello Sport.

Nashrning yozishicha, Ronaldu 2020 yilda pandemiya avjiga chiqqan paytda klubga yordam berish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgan futbolchilar orasida bo‘lgan.

Biroq tergovchilar noma’lum kelishuvni aniqladilar, unga ko‘ra klub o‘zining sobiq hujumchisi jamoani tark etgan taqdirda ham 19,9 million yevro va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi turinliklar bilan 2018 yilning yozida shartnoma imzolagan, 2021 yilning avgustida klubni tark etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!