Yurtimizning ikki hudida yana 142 kishi koronavirusdan tuzaldi

Yurtimizning ikki hudida yana 142 kishi koronavirusdan tuzaldi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy  viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog‘aydi. 

❗️Navoiy viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 252 nafarga yetdi.


‼️Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor “COVID-19”dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!