Yurtimizning ayrim joylarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Yurtimizning ayrim joylarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 31 yanvar va 1-2 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
31-yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, shuningdek,

Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!