- Yurtimizda voyaga yetmaganlar Qur’onni o‘rganishi mumkin emasmi? - Qonunimizning o‘ziga xos universalligi ham shunda...

- Yurtimizda voyaga yetmaganlar Qur’onni o‘rganishi mumkin emasmi? - Qonunimizning o‘ziga xos universalligi ham shunda...

Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida 18 yoshga to‘lmagan fuqarolarning diniy ta’lim olishi masalasi ochiq qoldirilgan. Mavjud qonunchilik 18 yoshga to‘lgan fuqaroga diniy ta’lim berish jarayonini nazarda tutadi xolos. QALAMPIR.UZ nashri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayevga ushbu savol bilan yuzlandi.

“Qonunda bu norma mavjud emas. Ya’ni 18 yoshga to‘lmagan bolalar Qur’onni o‘rganishi mumkin emas, degan masala ko‘tarilmagan. Chunki Qonunimizning o‘ziga xos universalligi ham shundaki, u bitta konfessiya emas, balki barcha konfessiyalarga bir xil ko‘z bilan qaraydi hamda qonunda bir konfessiyani manfaatidan kelib chiqqan holda norma belgilanmagan. Birorta normamiz ma’lum bir konfessiyaga taalluqli emas”, dedi Eshnayev.

Qo‘mita mansabdori so‘zida davom etarkan, mamlakatda 17 ta Qur’on kurslari faoliyat yuritayotganini aytdi.

"Hozirgi kunda yurtimizda 17 ta Qur’on kurslari faoliyat yuritmoqda. 18 yoshga to‘lmagan bolalarning tarbiyasiga birinchi navbatda ularning ota-onasi mas’ul. Qur’on o‘rgatish yoki boshqa diniy ta’lim masalalari bo‘lsa buni bevosita ota onasi o‘rgatish huquqiga ega. Bu hech qanday taqiqga uchramaydi”, deydi Dilshod Eshnayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!