Yurtimizda chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Yurtimizda chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “O‘rda” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.G‘. va S.V. fuqaro Z.ga 3 000 AQSh dollarini 33,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida ularning yonidan 3 348 AQSh dollari, 400 Tojikiston somoniysi, 145 turk lirasi, 4 740 qirg‘iz somi, 113 500 qozoq tengesi, 121 490 rossiya rubli, 1 720 yevro va 6,1 mln so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shu kabi, Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Hazorasp universal savdo kompleksi oldida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.K. fuqaro O.dan 3 000 AQSh dollarini jami 33 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.Q. va D.S.lar oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.dan 3 000 AQSh dollarini 32,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!