Yurtimizda ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalar 2,3 trln. so‘m sof foyda olgan

 Yurtimizda ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalar 2,3 trln. so‘m sof foyda olgan



🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi 16 359 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021 yilda 2,3 trln. so‘m sof foyda olgan.

✅ Xuddi shu davrda erkaklar boshqaruvidagi 121 746 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021 yilda 27,9 trln. so‘m sof foyda olgan.

✅ O‘rta hisobda bitta tadbirkorlik sub’ektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori tadbirkor erkak rahbarligidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarida 229,7 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkor ayol rahbarligidagi korxonalarda bu ko‘rchatkich o‘rtacha 141,4 mln. so‘mni tashkil etdi.

✔️ 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo‘yicha faoliyati:

🔸 savdo sohasida – 14 147 ta
🔸 xizmatlar sohasida – 10 057 ta
🔸 sanoatda – 5 543 ta


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!