Yurtimiz bo‘ylab yana 102 kishida koronavirus aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab yana 102 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 29 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 354 (+102) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

⚫️Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

📊 E’tiborli jihati, bugun:
📌Toshkent shahrida 332 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 106 nafar, 
📌Namangan viloyatida 27 nafar, 
📌Andijon viloyatida 12 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 10 nafar, 
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, 
📌Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, 
📌Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi. 

🟢 Shunday qilib, yurtimizda 52 970 (+504) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 2 918 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!