Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi

Qonun bilan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i joriy etildi.

Qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

Mazkur soliq stavkasi soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi. Soliq to‘lovchisi bo‘lgan chet el investorlari soliq hisobini AQSh dollarida yuritishi mumkin. Soliq imtiyozlarini hisobga olish axborot tizimlari orqali va maxsus identifikasiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.

Tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan yangi soliq stavkalari belgilanadi.

Mobil aloqa xizmatlari va shakar uchun aksiz solig‘i o‘zgartirishsiz qoldirildi (15 va 20 foiz).

Soliq imtiyozlarida quyidagilar soliqqa tortilmasligi belgilandi:

soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun banklardan olingan ta’lim kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari, ish haqi;

talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromad;

soliq to‘lovchining quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha bo‘lgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari: xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari; qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlar.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’ektlarga nisbatan 4 foizdan 3 foizga kamaytirildi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.

Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!