Yurakni 10 yilga yoshartiruvchi gen aniqlandi

Yurakni 10 yilga yoshartiruvchi gen aniqlandi

Bristol universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari italiyalik hamkasblari bilan birgalikda “qarishga qarshi” genni aniqlashdi.

Ma’lumki, 100 yil va undan ko‘proq yashagan odamlar yurak-qon tomir kasalliklariga boshqalarga qaraganda kamroq moyil bo‘ladi. Olimlar uzoq umr ko‘rish nafaqat to‘g‘ri turmush tarzi, balki irsiy moyillik bilan ham bog‘liq degan xulosaga kelishdi.

Ilmiy ish mualliflari yurakni sog‘lom holatda saqlashga yordam beruvchi LAV-BPIFB4 genini aniqlashdi. Keksa sichqonlar emlanganida, ularning yuraklari xuddi o‘rta yoshli kemiruvchilarniki kabi ishlay boshladi. Olimlarning ta’kidlashicha, odamlarda bu gen yurakni 10 yilga yoshartirishi mumkin.

Tadqiqot uch yil davom etdi. Shuningdek, inson hujayralari ustida ham tadqiqotlar o‘tkazildi. Keksa yurak kasalliklaridan olingan yurak hujayralari namunalari gen ta’sir qilganini va haqiqiy yoshartirish jarayoni boshlanini ko‘rsatdi. Perisitlar (yangi qon tomirlarining o‘sishiga yordam beruvchi hujayralar) qarish tufayli yo‘qolgan funksiyalarini yana bajara boshladi.

Hozirda olimlar oqsilning odamlarga ta’sirini tekshirish uchun klinik sinovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!