"Yo‘qot!". Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv prokuratura xodimiga tegishlimi?

"Yo‘qot!". Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv prokuratura xodimiga tegishlimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Farg‘ona viloyat prokuraturasi xodimining suhbati sifatida yozib olingan audioyozuv tarqalgan.

Ushbu audoyozuvda viloyat prokuraturasi binosiga biriktirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining o‘zaro suhbati qayd qilingan bo‘lib, ushbu jarayonda prokuratura xodimlari ishtirok etmagan.

Hozirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda, Farg‘ona viloyat prokuraturasida fuqarolarning qabuli O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuni talablari asosida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!