"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

Turkiya-Amerika munosabatlari yaxshilanishi uchun Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kechishi lozim, deb bayonot qilgan AQSh Davlat departamenti. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Davlat departamenti idorasi "Turkiyada tanlov borligiga" ishora qilgan.

Bundan tashqari, amerikalik diplomatlar navbatdagi bor S-400 xaridi tufayli Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligi bilan po‘pisa qilishgan.

Ta’kidlash joizki, AQSh Davlat departamenti ushbu bayonotni Turkiya va AQSh o‘rtasida Rossiya zenit-raketa majmualarini xarid qilish masalasi yuzasidan o‘tkaziladigan muzokaralari oldidan e’lon qilgan.

Sal oldin S-400 bilan bog‘liq holatni prezidentlar Donald Tramp va Toyip Erdog‘anlar muhokama qilishgan edi. Turkiya yetakchisi Anqara Rossiya qurolidan voz kechishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!