Yunusoboddagi masjidda to‘polon ko‘targan erkak kasalxonaga jo‘natildi

Yunusoboddagi masjidda to‘polon ko‘targan erkak kasalxonaga jo‘natildi

Internet tarmog‘ida “Bugun Yunusobodda masjidlardan biridagi bo‘lgan holat ekan” sarlavhali video tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha ma’lumot berildi.

26 noyabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qildi. So‘ng yigitga so‘z berildi. U qavmga rus tilida murojaat qildi. Ko‘pchilik uning so‘zlarini to‘g‘ri tushundi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlagan. Masjid qavmi uni ko‘chaga olib chiqdilar. Ma’lum bo‘lishicha ushbu shaxs – 41 yoshli A. ismli shaxs bo‘lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!