Yunusobodda «Spark» haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib qoldi

Yunusobodda «Spark» haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib qoldi

Joriy yilning 15 avgust kuni taxminan soat 12:50 da, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida «Spark» rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 650 ZA bo‘lgan avtomashina haydovchisi, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborib, birinchi yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada piyoda, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 1967 yilda tug‘ilgan, G.K. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Avtomashinada piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi. U 1990 yilda tug‘ilgan YU.R. ekanligi aniqlandi. Hozirda haydovchi ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!