Yunusobodda “Lacetti” piyodani urib yubordi

Yunusobodda “Lacetti” piyodani urib yubordi

2022 yilning 04 avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida, haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan O.M. “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda - 1992 yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!