Yunusobodda falokat: qurbon bor

Yunusobodda falokat: qurbon bor

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida internet tarmog‘ida tarqayotgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. 

28 sentyabr kuni taxminan soat 22.30 da Bog‘ishamol ko‘chasida (“Metro” kafesining ro‘parasida) Toshkent viloyatlik 29 yoshli Dmitriy B. “Spark” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 969 AGA) boshqarish davomida hozirgi taxminlarga ko‘ra qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, 22 yoshli T. A. boshqaruvidagi “Hyundai Tucson” (davlat raqami 10 009 XAA) avtomobiliga to‘qnashgan.    

To‘qnashuv natijasida “Spark” avtomobili haydovchisi, uning yo‘lovchilari bo‘lmish 30 yoshli Sergey B., 30 yoshli erkak (ismli aniqlanmoqda) va 35 yoshli Marat B, “Hyundai Tucson” haydovchisi va uning yo‘lovchisi 26 yoshli Yunus T.lar badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildilar. Shifoxonaga borish davomida Sergey B. hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etamiz.

Yo‘l-transport hodisasining tergov oldi tekshiruv davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!