Yo‘lovchi haydovchini pullarini o‘g‘irladi

Yo‘lovchi haydovchini pullarini o‘g‘irladi

Farg‘ona shahar. Fuqaro R.M IIBga murojaat qilib, unda 15 noyabr kuni noma’lum shaxs boshqaruvidagi “Mersedes” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqib, Sharshara ko‘chasiga kelgan vaqtida, uning e’tiborsizligidan foydalanib, avtomashina o‘rindig‘i ustida bo‘lgan 3.100.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!