«Yuksalish» harakati O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini tuzdi

«Yuksalish» harakati O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini tuzdi

«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda davlat tuzilmalari, muassasalari hamda yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning ro‘yxatini yangilandi.

Qayd etilishicha, o‘rganish natijalari mamlakatda tuzilmaviy va institusional o‘zgarishlar davom ettirilayotganini, qonunchilik takomillashtirilayotganini hamda ayollarning roli va mavqeyi, ularning siyosiy-ijtimoiy hayotda faolligi ortayotganligini ko‘rsatdi.

Ushbu ro‘yxatda quyidagi ayollar o‘rin oldi:

  1. Aziza Umarova — Uzbekistan Airports Kuzatuv kengashi raisi;
  2. Aliya Yunusova — Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
  3. Galina Saidova — Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha masalahatchisi o‘rinbosari;
  4. Gayane Umerova — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi direktori;
  5. Gulnora Marufova — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari;
  6. Gulnora Maxmudova — «Tadbirkor ayol» ishbilarmon ayollar assosiasiyasi raisi;
  7. Gulchexra Rixsiyeva — Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori;
  8. Diana Bayzakova — Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazining direktori;
  9. Dilnoza Ziyamuhamedova — Prezident Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi;
  10. Dilbar G‘ulomova — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari;
  11. Dilorom Toshmuhamedova — Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  12. Dilorom Fayziyeva — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi;
  13. Dilnoza Muratova — Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining direktori o‘rinbosari;
  14. Dilnozaxon Kattaxanova — Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari;
  15. Elena Borisova — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;
  16. Kammuna Irisbekova — «Aloqa bank» AK boshqaruv raisi;
  17. Kamola Akilova — Madaniyat vaziri o‘rinbosari;
  18. Kristina Prokudina — Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisining o‘rinbosari;
  19. Mavludaxon Xodjayeva — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  20. Maqsuda Vorisova — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari;
  21. Malika Qodirxonova — Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi;
  22. Nigina Rahimova — «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori;
  23. Oral Ataniyazova — Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiyot instituti rektori;
  24. Ra’no Jo‘rayeva — Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari;
  25. Ra’no Shodiyeva — Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari;
  26. Saida Mirziyoyeva — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisining o‘rinbosari;
  27. Sayyora Rashidova — Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori;
  28. Svetlana Ortiqova — Bosh prokuror o‘rinbosari;
  29. Svetlana Inamova — «Sog‘lom avlod uchun» fondi boshqaruvi raisi;
  30. Tanzila Norboyeva — Oliy Majlis Senati raisi;
  31. Umida Salixbayeva — «Dori-darmon» AK boshqaruvi raisi;
  32. Umida To‘xtasheva — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari;
  33. Umida Teshaboyeva — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori;
  34. Feruza Maxmudova — O‘zbekistonning Isroildagi elchisi;
  35. Feruza Muhamedjanova — «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari;
  36. Feruza Eshmatova — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
  37. Hilola Umarova — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;
  38. Shahlo Turdiqulova — Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  39. Shin Agrippina — Maktabgacha ta’lim vaziri;
  40. Elmira Bositxonova — Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Ro‘yxatni tuzishda ayollarning fuqarolik jamiyatidagi imiji, ular ishlayotgan tashkilotlarning siyosiy kun tartibini shakllantirishi, sohalarni rivojlantirishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga institusional ta’sir darajasi inobatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!