YPX inspektori safdor F.Tosheva olib qochilgan avtomashinani va gumondorni ushladi

YPX inspektori safdor F.Tosheva olib qochilgan avtomashinani va gumondorni ushladi

Toshkent shahar IIBB barcha hududiy ichki ishlar organlariga shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga shu yilning 20 oktyabr kuni shaharning Mirobod tumani, “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasidan kulrang “Kobalt” rusumli, davlat raqam belgisi 01 V 457  DB bo‘lgan  transport vositasi olib qochilgani, bu ishni sodir etgan gumonlanuvchi kuzatuv kameralariga tushib qolganligini bildirib, ushbu shaxsni hamda transport vositasini aniqlashda ko‘mak so‘rab yozgan murojaati e’lon qilindi. Murojaatga gumonlanuvchining kameradan olingan  fotosurati ham ilova qilingan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB 1-mintaqaviy hudud YPX 1-otryadi YPX inspektori, safdor F.Tosheva ham bu xabarni olib, sinchkovlikni oshirdi. Yo‘ldan o‘tayotgan transport vositalarini kuzatib, shubhali tuyulganlarini to‘xtatib tekshira boshladi. O‘zini “qo‘lga tushmas” ekanligiga ishongan gumonlanuvchi olib qochilgan avtomobilda xotirjam Chirchiq shahridan o‘tar ekan, inspektorning chalgan hushtagi “kapalagini” uchirib yubordi. U bir zumgina dovdirab nima qilishni, qayerga qochishni bilmay qoldi. YPX inspektori F.Tosheva uchun ana shu qisqa lahzalar kifoya qildi. U hamkasbi, safdor S.Umarovni yordamga chaqirdi. Birgalikda  olib qochilgan transport vositasini va gumondorni qo‘lga tushirishdi. Gumondor va transport vositasi shahar IIBga olib borib topshirildi. Endilikda gumondor o‘z qilmishiga yarasha qonun oldida javob beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!