Yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi

Yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi

“Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (388-son, 22.06.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar (qarz oluvchilar) kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.

➡️ Bank ariza kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan kredit olish bo‘yicha eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natadi.

🔰 Shunga ko‘ra, bank tomonidan sertifikat olgan:

▪️ tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil qilish uchun 33 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda;
▪️ mikrofirma va kichik korxona tashkil etgan shaxslarga 225 mln so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

❕Kredit bir qarz oluvchiga bir marotaba ajratiladi.

✅ Mikrokreditlar:

👉 ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
👉 alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
👉 savdo-vositachilikni amalga oshirish;
👉 ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish uchun ajratilmaydi.

🏦 Mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

💸 Qarz oluvchi – yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

⏳ Har oyning 5 sanasiga qadar qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yo‘nalishlari va natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdim etib boriladi.

📂 Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan yoshlar va ayollarni kasb-hunarga hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha kasblar ro‘yxati (54 ta) belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!