Yo cho‘qqiga, yoki jarlikka: Aras Bulut Iynemli o‘ta muhim rolga tayyorlanmoqda

Yo cho‘qqiga, yoki jarlikka: Aras Bulut Iynemli o‘ta muhim rolga tayyorlanmoqda

“Chuqur” seriali nihoyasiga yetgach, taniqli turk aktyori Aras Bulut Iynemli tanqidchilar “asr roli” deb ataydigan rolga va aktyorning karyerasidagi eng muhim rolga tayyorlanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, aynan mana shu rol aktyorni shon-shuhrat cho‘qqisiga ko‘taradi yoki uning karyerasiga “nuqta qo‘yadi”.

Ma’lumki, Aras Mustafo Kamol Otaturk roliga tayyorlanmoqda. Jurnalist Birsen Altuntashning yozishicha, Iynemli Otaturk rolini o‘ynaydigan loyiha "Disney Plus" raqamli platformasida namoyish etiladi. Ushbu platforma hozirda Turkiyada ochilishga tayyorlanmoqda.

"Lanistar" media xoldingida suratga olinadigan filmning rejissyori Mehmet Ada O‘ztekin bo‘ladi. Ilgari Aras Bulut Iynemli bu rejissyor bilan "7-bo‘lmadagi mo‘’jiza" deb nomlangan muvaffaqiyatli filmda ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!