Yilning eng yaxshi smartfonini bilasizmi?

Yilning eng yaxshi smartfonini bilasizmi?

Xitoy mobil aloqa operatori China Mobile har yili “aqlli uskunalar sifati to‘g‘risida” hisobot e’lon qiladi. Mazkur hisobotda yilning eng yaxshi smartfoni aniqlandi va e’lon qilindi.

Har tomonlama o‘tkazilgan tekshiruvlarda Huawei Mate 30 smartfonlar tasmasi qolgan “do‘stlariga” qaraganda ustunlikni qo‘lga kiritgan. Xususan:

•  Huawei Mate 30 Pro smartfoni 5G tutuvchi eng yaxshi smartfon deb topildi.

•  Huawei Mate 30 ni yana 3G va 4G tarmog‘ida eng yaxshi ishlovchi gajet deb qabul qilindi.

•  Huawei Mate 30 Pro video tasvirlar sifati va ularni qayta ishlash bo‘yicha eng yuqori ballarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu qurilma o‘yin o‘ynash xususiyatlari bilan ham 5 yulduzga ega bo‘ldi. U hattoki “iPhone 11 Pro Max”, “Oppo Reno Ace” va boshqa kuchli raqobatdoshlarini ham ortda qoldirdi.

China Mobile operatori Huawei Mate 30 Pro ni smartfonlar bozoridagi eng yaxshi smartfon deb e’lon qildi.

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!