Yil yakunigacha nechta ishsiz ayolning ish bilan ta’minlanishi ma’lum bo‘ldi

Yil yakunigacha nechta ishsiz ayolning ish bilan ta’minlanishi ma’lum bo‘ldi

“Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi (919-son, 20.11.2019 y.).

Qarorga ko‘ra, Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi.

✅ Shunga ko‘ra, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
? 2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi; 
? 2019 yilda Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari.

Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilda hududiy investisiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi.

Shuningdek, Xotin-qizlar qo‘mitalarining tavsiyanomasi asosida 3 ming 112 nafar xotin-qizlarga 85 mlrd 500 mln so‘mlik kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish ham nazarda tutilgan. 

“Milliy qadriyat, an’ana va urf-odat” respublika hunarmand xotin-qizlarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!