Yigit onasi hamda singlisini kaltaklagan erkakdan qasos olish uchun O‘zbekistondan Rossiyaga bordi va qotilga aylandi

Yigit onasi hamda singlisini kaltaklagan erkakdan qasos olish uchun O‘zbekistondan Rossiyaga bordi va qotilga aylandi

O‘zbekistonlik 28 yoshli yigit onasi va singlisini kaltaklagan rossiyalik erkakni o‘ldirdi. Bu haqda effekt.uz Chelyabinsk viloyati prokurorining katta yordamchisi Natalya Mamayevaning ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha o‘zbekistonlik erkak qasos olish maqsadida 2019 yilning kuz faslida Rossiyaga borgan. U yerda onasi va singlisini bir necha bor kaltaklagan erkakni o‘ldirgan.

U rossiyalikni bir oy davomida kuzatib yurgan va u bilan tanishishga erishishgan. Amallab Rossiya fuqarosining uyiga kirib olgan va u yerda tayoq bilan kaltaklab, pichoq bilan bir necha marotaba zarba bergan va umriga zomin bo‘lgan.

Voqeani sodir etgach o‘zbekistonlik yigit huquq tartibot organlridan qochib yurgan va ohir oqibat ushlangan. Yigit aybini tan olgan.

Hozirda o‘zbekistonlik yigit qamoqqa olingan.

Manba: everyday. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!