Yaxshi yangilik! Yana bir mamlakatda koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilganlar soni kamaydi

Yaxshi yangilik! Yana bir mamlakatda koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilganlar soni kamaydi

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 4 kun ichida ikkinchi marta kamaydi, deya xabar berdi Norvegiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.

"Bugun 318 kishi kasalxonalarda bo‘lib, kecha ularning soni 321 ta edi. Bu 4 kun ichida ikkinchi marta kasalxonaga yotqizilganlar soni kamayishi bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Norvegiyada vafot etganlar soni 0,76%.

"O‘lim darajasi boshqa mamlakatlardagi kuzatuvlarga qaraganda juda past. Ammo biz kasallikning boshlanishidan 3-4 hafta o‘tgach, o‘lim ko‘payishi mumkinligini hisobga olishimiz kerak", deya ta’kidladi Norvegiya sog‘liqni saqlash instituti vakili Frud Forland.

Uning fikricha, Norvegiyada kasallanish darajasi dinamikasi to‘g‘risida xulosa chiqarishga hali erta. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Norvegiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 4447 kishiga etgan, 28 kishi vafot etgan.

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!