Yashnobodda asfalt zavodida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Yashnobodda asfalt zavodida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Xususiy korxonaga qarashli bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. 

Bugun, 4 iyun kuni soat 04:12da poytaxtning Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Parkent ko‘chasi 327-uyda joylashgan “Karvon Yo‘li” xususiy korxonasiga qarashli bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida 600 kv.m maydonda eritma saqich (bitum) yongan. 

Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 04:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 06:05da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 
       
“Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga hushyor bo‘lishingizni so‘rab qoladi”, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!